Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkong bepul aviachiptalar bilan sayyohlarni jalb qila boshladi
Turizmga ko‘mak berish maqsadida Hongkong ma’muriyati shunday qaror qabul qilgan.
Hongkong hukumati turizmni tiklashga ko‘maklashish uchun 2023 yilda 500 mingta bepul chipta tarqatilishini e’lon qildi. Bu haqdagi ma’lumot Hongkong xalqaro aeroporti saytida paydo bo‘ldi.
Chipta «o‘yini» 2023 yil mart oyida boshlanadi va dastlabki ikki oy davomida faqat Janubi-Sharqiy Osiyo va Xitoy aholisi uchun, may oyidan esa hamma uchun ochiq bo‘ladi.
Turistlar Cathay Pacific, HK Express va Hongkong Airlines aviakompaniyalari tomonidan tashiladi. Chipta o‘yinida ishtirok etish uchun maxsus sahifada yoki aviakompaniyalarning veb-saytlarida ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Hongkong Xitoy Xalq Respublikasining maxsus ma’muriy hududi bo‘lib, dunyoning yetakchi global shaharlari va moliyaviy markazlaridan biri hisoblanadi. Hongkong umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, shuningdek, eng baland osmono‘par binolar soni bo‘yicha ham dunyo shaharlari orasida yetakchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026