Barcha aholi punktlarida harakat tezligi 60 km/soatga tushiriladi
2023 yil 1 iyundan boshlab, nafaqat shaharlar va ulardagi markaziy ko‘chalar, balki umuman aholi yashaydigan har qanday joyda transport vositalarining harakatlanish tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilishi kutilmoqda. Bu – davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.

Foto: V1.ru
O‘zbekistonda 2023 yilgi davlat dasturi loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Loyihada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” g‘oyasi asosida isloh qilish belgilangan.
2023 yil 1 iyundan boshlab respublikaning barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirish taklif etilmoqda.
Izohlanishicha, tezlikni 10 kilometr soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi. Birgina Toshkent shahrida 2022 yilda 1200 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan, bu 2021 yildagi holatlardan (1073) qariyb 130 taga ko‘p. Ushbu davrda yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 nafarni tashkil etadi.
Shuningdek, 2023 yil 1 sentabrdan boshlab, transport vositasining mulkdoriga transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni taqdim etgan holda DYHXX organlarini transport vositasini boshqarish huquqini o‘tkazgani haqida xabardor qilish huquqi beriladi.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.
Bu mexanizmlar transport vositasi boshqaruvi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etishda ball tizimi joriy etilishi munosabati bilan kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30 / 14.04.2025
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26 / 14.04.2025
Mavzuga oid

20:14 / 13.04.2025
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi

12:31 / 10.04.2025