Eronning eng muhim islohotçi siyosatçilaridan biri, sobiq boş vazir Mir Husayn Musaviy Tehrondagi rahbariyatga qarşi bir neça oy davom etgan norozilik namoyişlaridan söng, «tub özgarişlar»ga çaqirdi. 5 fevral, yakşanba kuni öz veb-saytida e’lon qilingan va mahalliy OAV tomonidan tarqatilgan bayonotida 81 yoşli siyosatçi «Eron va eronliklar tub özgarişlarga muhtoj va bunga tayyor» deb yozadi.

Musaviyning aytişiça, kurd qiz Mahsa Aminiy 2022 yil sentabr oyi örtalarida politsiya tomonidan hibsga olinganidan keyin yuz bergan ölimi tufayli kelib çiqqan norozilik namoyişlari «bir-biriga boğliq inqirozlar»ga asoslangan. Bular «iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, qonuniy, madaniy va ommaviy axborot vositalari inqirozlari», deya ta’kidlaydi u. Taniqli islohotçi Eron hokimiyatining hozirgi «tuzilmasi»ni «notöğri» deb hisoblaydi va ehtimoliy yangi konstitutsiya böyiça «erkin va adolatli referendum» ötkazişni taklif qildi. 1979 yilgi islom inqilobida bölgani kabi, xalq Eron uçun «erkinlik, adolat, demokratiya va taraqqiyot yölini oçiş uçun tubdan qayta körib çiqiş huquqiga ega», dedi Musaviy.

81 yoşli siyosatçi Eronning birinçi oliy rahbari oyatulloh Ruhulloh Xomayniyning eng yaqin işonçli kişilaridan biri edi. U 1981-1989 yillarda mamlakat hukumatini boşqargan. Mamlakat boş vaziri lavozimi bekor qilinganidan keyin 20 yil davomida siyosatni tark etdi, biroq 2009 yilda qaytib keldi va saylovlarda konservativ siyosatçi Mahmud Ahmadinajodga qarşi kuraşdi. Musaviy saylovda mağlub böldi, şundan söng natijalar soxtalaştirilganini qayta-qayta ta’kidladi. AFP agentligiga köra, sobiq siyosatçi 12 yil davomida uy qamoğida bölgan, biroq unga nisbatan rasmiy ayblovlar qöyilmagan.

Eronda 11 fevral, Islom inqilobi kuni, 1979 yilda şoh tuzumi ağdarilganiga bağişlangan davlat bayrami munosabati bilan mamlakat rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy «yaqinda sodir bölgan voqealar böyiça ayblangan yoki sudlangan köp sonli şaxslarni afv etiş va qamoq muddatini qisqartirişga rozi böldi», - deyiladi 4 fevral kuni Xomanaiyning veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.

Josuslikda, xorijiy razvedka idoralari bilan aloqada, qotillikda va vandalizmda ayblangan şaxslar amnistiyaga tuşmaydi. Qança mahbus amnistiya qilinişi haqida ma’lumot berilmagan, ammo davlat matbuotiga köra, bu «ön minglab» bölişi mumkin.

Ba’zi ma’lumotlarga köra, Mahsa Aminiy ölimi bilan boğliq namoyişlar çoğida Eronda 15 mingga yaqin odam hibsga olingan. AFP agentligining rasmiy ma’lumotlarga asoslanib xabar berişiça, sud hokimiyati hozirgaça namoyişlar bilan boğliq 18 kişini ölimga hukm qilgan. Xalqaro noroziliklarga qaramay, törtta ölim hukmi allaqaçon ijro etilgan.