Eron ikkita sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi
Og‘irligi 15 va 4 kilogrammni tashkil etadigan sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga olib chiqqan Rossiyaning «Soyuz» raketasi «Vostochniy» kosmodromidan start olgan.
Eron Rossiyaga tegishli raketa yordamida o‘zining ikkita — Kowsar Kowsar va Hodhod nomli sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga muvaffaqiyatli uchirdi, deb xabar beradi Associated Press agentligi.
Qayd etilishicha, Kowsar sun’iy yo‘ldoshi RGB kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, uning og‘irligi 15 kilogrammni tashkil etadi. Rangli suratga olish uzoqligi 15 kilometrga, tasvirga olish tezligi esa soniyasiga 6 ta kadrga teng. Sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan tasvirlardan qishloq xo‘jaligi, kartografiya va geodeziyada foydalaniladi. Sun’iy yo‘ldosh taxminan uch yil ishlashi rejalashtirilgan.
Hodhod sun’iy yo‘ldoshining og‘irligi 4 kilogrammni tashkil etadi, u to‘rt yilga yaqin xizmat ko‘rsatishi kerak. Ushbu apparat yordamida olingan ma’lumotlardan transport, logistika va atrof-muhit muhofazasida foydalaniladi. Hodhod’ning afzalligi chekka hududlar, jumladan, o‘rmon va tog‘larni qamrab olgan tor polosali internet (IoT) xizmatlarini taqdim etishidir.
Sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqqan «Soyuz» raketasi «Vostochniy» kosmodromidan start olgan va foydali yukni to‘qqiz daqiqa ichida orbitaga olib chiqqan. Raketa bortida, shuningdek, Rossiyaga tegishli bir nechta kichik sun’iy yo‘ldoshlar ham bo‘lgani aytilmoqda.
2022 yilda Tehron buyurtmasi asosida yaratilgan Rossiya raketasi Eronning Khayyam nomli sun’iy yo‘ldoshini, fevral oyida bo‘lsa, Rossiya Pars-1ʼni orbitaga olib chiqqandi.
«Sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishi Rossiya va Eron o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik kengayib borayotganidan dalolat beradi... Moskva va Tehron Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonning Rossiyaga tashrifi davomida imzolanadigan keng ko‘lamli strategik sheriklik bitimi orqali o‘z aloqalarini yanada mustahkamlashni rejalashtirgan», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
19:15 / 15.12.2024