Turkiyada O‘zbekistonning 13 fuqarosi qidirilmoqda
Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonliklarning ikki nafari topilgan, O‘zbekistonning yana 13 nafar fuqarosini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Turkiyada O‘zbekistonning 13 nafar fuqarosi vayronkor zilzilalar zonasida qidirilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
«2023 yil 7 fevral soat 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 15 nafar vatandoshlarimiz qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa o‘rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, 17 nafar vatandoshni, jumladan, 13 nafar sportchini tabiiy ofat hududidan Istanbulga olib borishda yordam bergan.
Qidiruv ishlari va yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.
Bundan avvalroq O‘zbekiston TIV Malatya viloyatida O‘zbekistonning bir fuqarosi halok bo‘lgani va 4 nafar o‘zbekistonlik qidirilayotgani haqida xabar bergandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 544 nafarga yetgan, 26 725 kishi jarohat olgan. Shuningdek, Suriyada 1700 dan ortiq kishi vafot etib, 5 mingga yaqin kishi jabrlangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025