Ukraina xavfsizlik xizmati va ichki ishlar vazirligiga rahbarlar tasdiqlandi
UXXning oldingi rahbari o‘tgan yil yozida ishdan olingan, IIV rahbari yanvarda aviahalokatga uchrab, vafot etgandi.
Oliy rada Ukraina xavfsizlik xizmatiga Vasiliy Malyukni rahbar etib tasdiqladi, u bunga qadar maxsus xizmatlar rahbarligi vazifasini vaqtincha bajaruvchi edi.
UNIAN nashri xabariga ko‘ra, bu qaror 324 nafar deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Parlament yig‘ilishida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham ishtirok etib, Malyuk nomzodi uchun ovoz berishga chaqirgan.
U deputatlar qarshisida chiqish qilib, Rossiya bosqini borasida qat’iy fikr bildirgan va olqishlarga sazovor bo‘lgan.
Bundan tashqari, parlamentariylar Ukrainaning yangi ichki ishlar vazirini lavozimga tasdiqlashgan — bu lavozimni 2019 yildan buyon mamlakat Milliy politsiyasi rahbari bo‘lgan Igor Klimenko egalladi. Uning nomzodi uchun 321 deputat ovoz bergan.
18 yanvar kuni Brovarida vertolyot halokati oqibatida Ukraina IIVning oldingi rahbari Denis Monastirskiy halok bo‘lgach, Klimenko vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib turgandi.
- Muqaddam Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Vasiliy Malyuk 2022 yil iyulida mamlakat prezidenti farmoni bilan maxsus xizmatlarning vaqtincha rahbari etib tayinlangandi. O‘shanda UXX rahbari Ivan Bakanov va Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova ishdan olingandi — bu ushbu idoralar xodimlarining Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqalari tekshirilishi ortidan ro‘y bergandi. Bakanov — Volodimir Zelenskiyning bolalikdagi do‘sti hisoblanadi. U 2019 yil avgustida UXX rahbari bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024