Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya razvedkasi Ukrainada rossiyalik 20 nafar general halok bo‘lganini aniqladi
Bu raqamlar «aql bovar qilmas darajada yuqori» deb baholandi.
Ukraina bosqini boshlanganidan beri rossiyalik 20 dan ortiq general halok bo‘ldi, deb yozdi Nikkei gazetasi Yaponiya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib. Bu hisob-kitoblar yaponlar tomonidan AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda to‘plangan ma’lumotlarga asoslanadi.
Yaponiya quruqlikdagi mudofaa kuchlarining sobiq bosh shtab boshlig‘i, iste’fodagi general Kiyofumi Ivata bu raqamlarni «aql bovar qilmas darajada yuqori» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, masalan, AQSh armiyasida bunday yuqori martabali ofitserlar deyarli halok bo‘lmaydi.
Ivata o‘ldirilgan generallar sonining g‘ayrioddiy ko‘pligini Ukraina armiyasi texnologiya jihatidan Rossiya armiyasidan sezilarli darajada ustun ekani va yuqori martabali ofitserlar manzilini muvaffaqiyatli aniqlashi bilan izohladi. Shuningdek, generallarning o‘limiga ularni jang maydoniga yuborish amaliyoti ham sabab bo‘lgan.
Yaponiya razvedkasining yuqori martabali xodimi Nikkei nashriga bergan intervyusida Lugansk va Donetsk viloyatlarida yashovchilar Ukraina Qurolli kuchlariga ma’lumot yetkazgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
2022 yil avgust oyida Britaniya razvedkasi Ukrainadagi janglarda kamida 10 nafar rossiyalik general halok bo‘lganini xabar qilgan edi. Bayonotda aytilishicha, «Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirishi chog‘ida yomon ishlashi Rossiya harbiy rahbariyatiga qimmatga tushdi». Fevral oyi boshida The New York Times gazetasi G‘arb rasmiylarining hisob-kitoblariga tayanib, Rossiya armiyasida jami 200 ming kishi halok bo‘lgan va yarador bo‘lganini xabar qilgan edi. Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushda halok bo‘lganlar va jarohat olganlar soni haqida ma’lumot bermay kelmoqda.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
16:47 / 10.06.2026