Toshkentda qizlar ommaviy ravishda yo‘qolayotgani haqidagi xabar rad etildi
Qayd etilishicha, kimlardir turli vaqtlarda yo‘qolgan qizlar haqidagi xabarlarni turli joylardan olib umumlashtirgan va voqelikka vahimali tus berishga, bu orqali aholi orasida sarosima tarqatishga uringan.

O‘zbek tilidagi qator Telegram-kanallarda Toshkentda qizlar yo‘qola boshlagani haqida xabarlar tarqalmoqda. Kun.uz masalaga oydinlik kiritish uchun IIV axborot xizmati bilan bog‘landi.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovga ko‘ra, Telegram messenjerida tarqalgan qizlarning g‘oyib bo‘layotgani haqidagi xabarlar go‘yoki bu voqealar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdek tasavvur uyg‘otsa-da, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Buni qizlarning turli kunlarda, turli joylarda g‘oyib bo‘lgani ham tasdiqlaydi.
“Balog‘at yoshiga qadam qo‘yayotgan o‘smirlarda uydagilari bilan chiqishmay qolish yoki oilasidagilarga jahl qilib buva-buvisinikiga, dugonasinikiga yoki boshqa qarindoshlarinikiga ketib qolish tez-tez kuzatilib turadi. Bu bilan bunday xabarlarga loqaydmiz demoqchi emasman. Bu kabi xabarlar tarqalishi bilan nazoratga olinadi va tegishli xizmatlar yordamida surishtiruvlar o‘tkaziladi. Hozircha qizlarning yo‘qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning birortasi tasdig‘ini topgani yo‘q. Chunki ularning hammasi yo‘qolgani haqida 102 ga ariza kelib tushgan kuni yo ertasiga tezkor xodimlar tomonidan topilgan”, deydi Shoxruh G‘iyosov.
Vazirning matbuot kotibi kimlardir turli vaqtlarda yo‘qolgan qizlar haqidagi xabarlarni turli joylardan olib umumlashtirgan va voqelikka vahimali tus berishga, bu orqali aholi orasida sarosima tarqatishga uringan.
IIV mulozimi ushbu xabarlar ortidan 102 qisqa raqamiga murojaatlar ko‘payib ketganini ta’kidlarkan, Telegram-kanallari ma’murlaridan har bir axborotni tekshirib, so‘ng e’lon qilishni, tekshirilmagan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
Jamiyat | 20:52
-
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban tor doirada muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 20:47
-
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 20:43
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 20:42
Mavzuga oid

20:52
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

18:02
Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi

17:03