Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari elektr energetikasi tizimini isloh qiliş borasida Vetnam va boşqa mamlakatlarda amalga oşirilgan işlarni örgandi.
2017 yilda Vetnam energetika sektorida quyoş energiyasidan deyarli foydalanilmasdi. Islohotlar jarayonida Vetnam hukumati uşbu sektorda işlab çiqarilgan energiyani yuqori narxda (1 kilovatt soati uçun 9 sent) sotib oliş orqali qöllab-quvvatladi. Natijada, 2019 yilga kelib, quyoş energiyasidan rejada kutilgan 850 MW quvvat örniga 5 GW’ga teng elektr energiyasi işlab çiqarildi.
Vetnamda quyoş energiyasidan samarali foydalaniş borasidagi islohotlar muammosiz keçmadi. Deyarli barça yangi obektlar mamlakatning quyoşli janubi-şarqiy qismida joylaşganligi, mahalliy tarmoqda ortiqça zöriqişni keltirib çiqardi. Vetnam elektr energiyasi korxonasi ba’zan haddan taşqari köp işlab çiqarilgan elektr energiyasini sotib olişda muammolarga duç keldi.
2020 yilda Vetnamda elektr energiyasining deyarli çorak qismi quyoş panellari vositasida işlab çiqarildi. Uşbu davrga kelib, mamlakatda 9,3 GW quvvatga ega bölgan yuz mingdan ortiq quyoş panellari örnatilgan edi. Bu kömirda işlaydigan qariyb oltita elektr stansiyasining quvvatiga teng.
Vetnamning qayta tiklanuvçi manbalardan foydalanadigan energetika sektoriga investitsiyalarni jalb etiş juda muvaffaqiyatli böldi. Masalan, 2021 yilda quyoş energiyasidan olinadigan quvvat 17,6 GW’ga yetdi. Atrof-muhitga örtaça 14 ming tonna karbon dioksidi çiqib ketişining oldi olindi. Butunjahon kömir assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, eng zamonaviy kömir elektr stansiyalari ham bir GW energiya oliş uçun 800 tonna CO2 çiqaradi.

Uşbu mamlakatda quyoş energetikasini rivojlantirişning “muvaffaqiyat siri” qisqa vaqt içida qurib işga tuşirilgan loyihalar uçun 20 yil amal qiladigan “yaşil” tariflar bilan boğliq.
Şuningdek, Indoneziyada ham quyoş energiyasidan samarali foydalanişga qaratilgan islohotlar olib borildi. Xususan, 2015 yilda mamlakatda öşa paytdagi eng yirik quyoş elektr stansiyasi işga tuşirildi va işlab çiqariş tannarxi bir kilovatt soat uçun 25 sentni taşkil etdi. Bu juda yuqori tannarx edi. Köplab yangi quyoş stansiyalari işga tuşirilib, sohaning rivojlanişi natijasida 2022 yilga kelib, bir kilovatt soat energiyani 6 sentdan sotib oliş böyiça şartnomalar imzolandi.

















