OTMda kontrakt to‘lash muddati 15 martgacha uzaytirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15 martga qadar uzaytirilgani haqida xabar berdi.
«Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 15 marti etib belgilandi», deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, qaror bilan 2023 yil 20 yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.
Yanvar oyi boshida vazirlik to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 20 yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
20:25 / 23.08.2024
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentabrda boshlanadi
15:45 / 19.08.2024
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
10:56 / 18.08.2024
1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi
19:22 / 17.08.2024