Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Daniya va Niderlandiya Kiyevga Leopard'larni yetkazib bermaydi
Die Welt gazetasining yozishicha, Daniya va Niderlandiya hukumatlari Ukrainani jangovar tanklar bilan ta’minlash qarorini qayta ko‘rib chiqishgan. Finlandiya va Shvetsiya ham NATOga kirishdan oldin buni qilishga tayyor emas.

Foto: Eckehard Schulz / IMAGO
Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy Leopard jangovar tanklarini Ukrainaga o‘tkazish niyatida bo‘lgan Yevropa davlatlari koalitsiyasi zaiflashayotganga o‘xshaydi. 14 fevral, seshanba kuni kechqurun Germaniyaning Die Welt gazetasi Daniya va Niderlandiya hukumatlariga yo‘llangan so‘rovlarga tayanib xabar berishicha, bu ikki davlat Kiyevga Leopard 2 tanklarini yetkazib berish qarorini qayta ko‘rib chiqqan.
Avvalroq Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte qirollik Ukrainaga uning mamlakati Germaniyadan ijaraga olgan va hali ham nemis-niderland batalonida xizmatda bo‘lgan 18 ta Leopard 2 tankini berishi mumkinligini aytgan edi, deb eslaydi gazeta. Biroq Haaganing Die Welt so‘roviga javobida aytilishicha, ular bu tanklarni Ukrainaga bera olmaydi. «Ushbu qaror Niderlandiya va Germaniya o‘rtasida puxta muvofiqlashtirilgandan so‘ng qabul qilindi», — deya qirollik rasmiylarining javobidan iqtibos keltiradi tahririyat.
Daniya bo‘yicha, mamlakat hukumat doiralaridagi Die Welt manbalari ham tahririyat so‘roviga javoban ixtiyorida 44 ta zamonaviy Leopard 2A7 tankiga ega bo‘lgan mamlakat yetkazib beruvchilar koalitsiyasida ishtirok etmasligini aytdi. «Leopard 2 koalitsiyasida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun kompensatsiya sifatida Niderlandiya va Daniya nemis sanoati zaxiralaridan 100 ta Leopard 1 tankini ta’mirlash xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi, - deb yozadi Die Welt. - Bu mamlakatlarning o‘zlari bunday eskirgan tanklarga ega emaslar».
Aftidan, 200 ta Leopard 2 tankidan iborat katta arsenalga ega bo‘lgan va hali ham koalitsiyaning muhim hamkori hisoblangan Finlandiya Kiyevga tanklar yetkazib berishga shoshilmayapti, deb yozadi nemis gazetasi. Unga ko‘ra, mamlakat NATOga kirishni kutmoqda. Die Welt tomonidan so‘ralganda, Helsinkidagi hukumat vakili Finlandiyaning tank koalitsiyasida ishtirok etishining «operativ shakli va mazmuni hali davom etayotgan jarayon» deb javob berdi.
Avvalroq, Finlandiya Ukrainaga NATOga qo‘shilgandan keyingina tanklar yetkazib beradi degan taxminni The Wall Street Journal alyans doiralariga tayangan holda taxmin qilgan edi. «Hozirda Turkiya mamlakatning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Xuddi shu narsa Shvetsiyaga ham tegishli. Stokholm ham tanklar yetkazib berishdan bosh tortmoqda», deb ta’kidlaydi Die Welt.
«Germaniya hukumati hamjihatlikda harakat qilmoqchi edi. Biroq Germaniya birinchi bo‘lib oldinga katta qadam tashlaganidan so‘ng, boshqa mamlakatlarning aksariyati joyida qoldi», deb ta’kidlaydi gazeta.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:41 / 09.07.2025
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi

13:17 / 28.06.2025
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi

13:00 / 17.06.2025
Rossiya Kiyevga dron va raketalar bilan vayronkor hujum amalga oshirdi

08:58 / 17.06.2025