Özbekiston milliy jamoasi forvardi Eldor Şomurodov faoliyatini Turkiya çempionatida davom ettiradi. Turkiyaning «Istanbul Başakşehir» klubi 29 yoşli futbolçini Italiyaning «Roma» klubidan ijaraga oldi.
Ijara kelişuvi 2025/2026 yillar mavsumi yakunigaça tuzilgan, turklar klubi mavsum söngida uning transfer şartnomasini sotib oliş huquqiga ega böladi.
Avvalroq insayder Fabritsio Romano «Başakşehir» bir yillik ijara uçun 3 mln yevro tölaşi, mavsum yakunida yana 2,7 mln yevro tölab, futbolçini öziniki qilişi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Şuningdek, şartnomada Şomurodovning keyingi sotuvidan rimliklar 10 foiz uluşga ega bölişi közda tutilgan.
«Özbekiston milliy jamoasi futbolçisini oilamizda qutlaymiz va töq sariq-kök rangli libosimizda unga omad tilaymiz», – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Mazkur jamoa 2024/25 yillar mavsumida Turkiya Superligasi turnir jadvalida 5-örinni egallab, Konferensiyalar ligasida iştirok etadigan bölgan.
Futbolçi Rim klubi bilan xayrlaşuv maktubini yozdi.
«Rahmat, «Roma»! Endi sizlar bilan xayrlaşiş vaqti keldi. Bu klub menga unutilmas xotiralar, gollar, kuraşlar va ajoyib jamoa, murabbiylar hamda muxlislar bilan bölgan öziga xos lahzalarni berdi.
«Roma» libosini kiyiş men uçun şaraf edi. Har bir daqiqa, har bir gol va har bir saboq uçun minnatdorman.
«Roma» doim yuragimda qoladi. Menga işonç bildirganingiz va doimo qöllab-quvvatlaganingiz uçun taşakkur.
Yangi sahifa oçilmoqda, lekin bu xotiralar men bilan umr qoladi. Hurmat va muhabbat bilan Eldor Şomurodov», – deb yozadi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Şomurodov yakunlangan mavsumda rimliklar uçun barça turnirlar doirasida 37 öyinda qatnaşib, yetti gol urdi va beş golga uzatma berdi (A seriyada 27 öyinda 4+4). «Roma» 38 öyinda 69 oçko töplab, Italiya çempionati turnir jadvalida beşinçi örinni egalladi va keyingi mavsumda YeÇLda emas, Yevropa ligasida qatnaşadigan böldi. Mavsum yakunida Klaudio Raniyeri boş murabbiylik faoliyatini yakunladi, jamoaga uning örniga Jan Piyero Gasperini olib kelindi.









