Sport | 03:03 / 15.02.2023
26461
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «Bavariya» parijlik futbolchining goli evaziga «PSJ»ni mag‘lub etdi, «Milan» «Tottenhem»dan ustun keldi

Foto: Getty images

Yevropa Chempionlar Ligasida pley-off bosqichi boshlandi. 

Markaziy o‘yinda «Bavariya Parijda «PSJ» tarbiyalanuvchisi Kingsli Komanning goli evaziga g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, parijlik vinger 2020 yilgi YeChL finalida ham sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etgan va Myunxen klubiga chempionlik keltirgandi.

Yana bir bahsda «Milan» Braim Diasning tezkor goli hisobiga o‘z maydonida «Tottenhem»dan ustun keldi. 

Ushbu juftliklarda javob bellashuvlari 8 mart kuni o‘tkaziladi. 

YeChL. 1/8 final. 14 fevral
PSJ — Bavariya 0:1
Gol: Koman (53). 

PSJ – Donnarumma, Hakimi (Kimpembe, 46), Ramos, Markinos, Mendesh, Zair-Emeri (Ruis, 57), Soler (Mbappe, 57), Danilu (Vitinya, 75), Verratti, Messi, Neymar.
Bavariya – Zommer, Kanselu (Devis, 46), Upamekano, Pavar, de Ligt, Goretska, Kimmix, Shupo-Moting (Myuller, 76), Sane, Musiala (Gravenberx, 87), Koman (Gnabri, 76).
Ogohlantirishlar: Pavar (26), Kimpembe (70), Neymar (86).
Chetlatish: Pavar (90+2).

Milan — Tottenhem 1:0
Gol: Dias (7).

Milan – Teterushanu, Ker, Tiav, Kalulu, Ernandes, Salemakers (Messias, 77), Krunich, Dias (de Ketelare, 77), Tonali (Pobega, 86), Jiru, Leau (Rebich, 90+1).
Tottenhem – Forster, Emerson, Dayyer, Langle (Devis, 81), Romero, Perishich, Kulusevski (Risharlison, 70), Skipp, Sarr, Son (Danjuma, 81), Keyn.
Ogohlantirishlar: Romero (48), Dayyer (63), Tonali (80), Ernandes (90+2).

Mavzuga oid