Şanba kuni Bundesliganing navbatdagi mavsumi yakunlandi. Bir oy oldinroq «Bayyer»ning çempionligi (klubning 120 yillik tarixidagi birinçisi) aniq bölib ulgurgandi. Ligada yöllanmalar soni beştaga oşgani tufayli qaysi jamoalar Çempionlar ligasiga yöl olişi borasida ham intriga bölmadi («Bayyer», «Ştutgart», «Bavariya», «Leypsig» va «Borussiya» D). Turnirning bu asosiy yakunlaridan taşqari yana yettita muhim bandni keltirib ötiş mumkin.
1. «Bayyer» mavsumni mağlubiyatsiz ötkazdi
Bu röy berdi. Habi Alonso jamoasi Germaniya çempionatida şunçaki ğolib böliş bilan kifoyalanmasdan, buni biror marta mağlubiyatga uçramagan holda uddaladi. 34 tur davomida «Bayyer» 28 uçraşuvda ğalaba qozondi, olti öyinda durang qayd etildi. 1963 yildan buyon ötkazib kelinayotgan turnir tarixida biror jamoa bunday natijaga erişa olmagandi. «Bayyer» mavsum davomida birorta turnirda mağlubiyatga uçramagan jamoaga aylanişi ham mumkin. Buning uçun yana ikkita öyin qolgan – 22 may kuni Yevropa Ligasi finalida «Atalanta»ga qarşi öyin va 25 may kuni Germaniya Kubogi uçun Ikkinçi bundesligada 15-örinda borayotgan «Kayzerslautern» bilan ötkaziladigan öyin.

2. «Bavariya» — muxlislar işonçini oqlay olmadi
Myunxenliklar qatorasiga 11 mavsumda çempionlikka erişgandi. Bunday seriya qaçondir barham topişi aniq edi. Ammo bu aynan qanday röy berişi muhim edi. «Bavariya» birinçi örindan 18 oçkoga (!) ortda qolib ketdi. Sönggi turda esa myunxenliklar uçinçi öringa tuşib ketişdi – jamoa 13 yildan buyon bunday past örinni egallamagandi. Va bu «Bavariya» safiga sayyoraning eng kuçli hujumçilaridan biri Harri Keyn kelib qöşilgan mavsumda röy berdi. Klub kiyim almaştiriş xonasidagi va rahbariyatdagi kelişmovçiliklardan jabrlandi. Natijada ayni vaqtda köplab murabbiylar «Bavariya» taklifini rad etişmoqda: Alonso, Zinedin Zidan, Yulian Nagelsman, Ralf Rangnik, Xulen Lopetegi, Unai Emeri, Oliver Glasner, Roberto De Dzerbi va Tomas Tuxel. Yozda jamoa boşqaruviga kim kelişi hozirgaça ma’lum emas.
3. Roys Bundesliga bilan xayrlaşdi
Turnir ramzlaridan biriga aylangan futbolçi Germaniyani tark etmoqda – bu sönggi 12 mavsum davomida «Borussiya» Dortmund şarafini himoya qilgan Marko Roysdir. Uşbu hujumkor yarimhimoyaçi bu oy 35 yoşga çiqdi. Sönggi mavsumda u doim ham boşlanğiç tarkib futbolçisi böla olmadi, ammo yakuniy turda ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. Muxlislar tomonidan katta performans bilan qarşi olingan futbolçi özi ham gol urdi, şerigiga golli pas ham berdi va olqişlar ostida maydonni tark etdi. Xayrlaşuv orzudagidek keçdi. U keyingi mavsumda Bundesligada öynamasligi aniq. Fabritsio Romanoning ma’lumotiga köra, futbolçining keyingi manzili MLS çempionati böladi.



















