Ta’lim muassasalari va shifoxonalarning isitish tizimlari ko‘mirga o‘tkaziladi
O‘zbekistonda gazni tejash maqsadida 2229 ta bog‘cha, 2432 ta xalq ta’limi va 746 ta tibbiyot muassasasi gazdan ko‘mirga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 1147 ta issiqxona hamda sement, g‘isht va ohak ishlab chiqaruvchi 250 ta zavod ham ko‘mirda ishlashga moslashtiriladi.

Foto: Pixabay.com
Bu – 16 fevral kuni imzolangan prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, yil oxirigacha 5407 ta ijtimoiy obekt ko‘mirda isitishga o‘tkaziladi va buning uchun 184,4 ming tonna ko‘mir yetkazib berish ko‘zda tutiladi.
Toshkentda 20 ta maktabning isitish tizimini ko‘mirga o‘tkazish reja qilinmoqda. Sergelida 6 ta, Yangihayotda 5 ta, Bektemir tumanida 4 ta, Yashnobodda 3 ta va Mirzo Ulug‘bekda 2 ta maktab ro‘yxatga kiritilgan.
Ko‘mirga o‘tkaziladigan 250 ta zavodning 126 tasi ohak, 101 tasi g‘isht, 23 tasi sement zavodlaridir. Ushbu korxonalar va 1147 ta issiqxonani ko‘mirga o‘tkazish orqali 926 mln kub metr gazni tejash nazarda tutilgan. Ularning ko‘mirga bo‘lgan talabi 1,63 mln tonnani tashkil qiladi.
1 maydan boshlab yangi tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklari hamda sement, g‘isht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi.
Ko‘mirga o‘tkazilayotgan korxonalarga asbob-uskunalar xarid qilish uchun kreditlar ajratiladi. Mas’ul tashkilotlar ularga o‘z mahsulotlarini eksport qilishda “kafolatlangan rag‘batlantirish choralari”ni ko‘rishi kerak.
“Ko‘mir ta’minot” MChJ “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidan chiqarilib, ko‘mir omborlari va yordamchi uskunalari bilan birga Energetika vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
1 apreldan import qilinadigan ko‘mirni temiryo‘l orqali tashishga 50 foizlik chegirma joriy etiladi (masofasidan qat’i nazar).
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistonda yuz bergan zilzila oqibatida 17 ta uy va bitta maktab qisman vayron bo‘ldi
Jahon | 15:43
-
Toshkentda raqamsiz Spark haydovchisi YPX xodimlaridan qochdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 15:18
-
Rossiya qo‘shini Sumi markaziga raketa zarbalari yo‘lladi
Jahon | 14:59
Mavzuga oid

21:10 / 12.04.2025
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti

15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025