Toshkent viloyatida bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Oilaning 3 nafar a’zosi esa noma’lum etiologik zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: KUN.UZ
17 fevral kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanining Birlik mahallasida yashovchi oilada ommaviy ravishda ovqatdan zaharlanish holati sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman IIBga o‘sha kuni soat 14:30larda xabar kelib tushgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bir oilaning 3 nafar a’zosi voqea joyida, yana bir a’zosi esa shifoxonada vafot etgan.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ekspertiza tekshiruvi uchun qovurilgan baliq va moshkichiri ovqati qoldiqlari, pomidor va bodringdan tayyorlangan tuzlama, kompot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqarolar o‘limiga noma’lum etiologiyali ovqatdan zaharlanish sabab bo‘lgan.
Oldinroq Samarqandda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida 2 kishi vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

09:13 / 17.03.2025
Toshkent viloyatida qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs ushlandi

10:06 / 15.03.2025
Yangiyo‘lda ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025