18:48 / 21.02.2023
16333

Xorazmda IIB xodimiga 5 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U giyohvandlik moddasi bilan bog‘liq jinoyatni rasmiylashtirmaslik uchun pul berayotganida qo‘lga tushdi. 

Foto: Videodan kadr

2023 yil 5 yanvar kuni olingan tezkor ma’lumotga asosan, Xorazm viloyati IIB xodimlari tomonidan Urganch shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan shaxsning yoni ko‘zdan kechirilganida, 2 bo‘lak opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, gumondor bu holatni rasmiylashtirmaslikni so‘rab, IIB xodimiga 5 ming dollar pora taklif qilgan. Xodim pora taklif qilish jinoyat ekanini tushuntirganiga qaramay, gumondor bu kelishuvdan hech kim xabar topmasligini ta’kidlagan.

IIB xodimi holat to‘g‘risida bildirgi bilan rahbariyatga murojaat qilgan. So‘ngra, maxsus tadbir o‘tkazilib, gumondor pullarni pora tariqasida berayotganida ushlangan.

Endi gumondor, giyohvandlik moddasi bilan bog‘liq jinoyatdan tashqari, pora berish jinoyati bo‘yicha ham javobgarlikka tortiladi.

Top