Iqtisodiy işlar böyiça Surxondaryo viloyati sudi sudyasi 3 ming AQŞ dollari miqdoridagi pora bilan qölga tuşdi, deb xabar berdi huquq himoyaçisi Abdurahmon Taşanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd qilinişiça, uşbu sudya «ötgan yillarda ibratli sudya tanlovlarida ğolib bölgan nufuzli şaxslardan biri edi».
Xabarda uning ismi şarifi keltirilmagan. Şuningdek, hozirça holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi.
«Ibratli sudya» mukofoti 2020 yilda joriy etilgan bölib, u bilan odil sudlovni amalga oşirişda samarali faoliyat yuritgan sudyalar taqdirlanadi.












