Pora bilan uşlangan Töraqörğon tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektoriga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Hukmda keltirilişiça, Töraqörğon tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori lavozimida işlab kelgan T.S. tamagirlik yöli bilan pora oliş jinoyatini sodir qilgan. U tumanning Katta qurama mahallasida yaşovçi fuqarodan voyaga yetmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik holati böyiça jinoyat işi qözğatişni rad qilib, işni hal qilib beriş evaziga 300 dollar talab qilgan.
T.S. 2024 yilning 14 fevral kuni uşbu fuqaroni öz xizmat xonasiga çaqirib, avvaliga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) bilan jinoyat işi qözğatişini aytib, uni qörqitgan. Söngra bu işni “yopib” beriş evaziga fuqarodan 100 dollar va 1 mln 240 ming söm pul mablağini pora tariqasida olgan. Ammo u tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Jinoyat işlari böyiça tuman sudining hukmi bilan T.S. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandida körsatilgan jinoyatni (tamagirlik yöli bilan pora oliş) sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil Içki işlar vazirligi tizimi organlarida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan hamda 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
T.S. 2013 yilda ham Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari (tamagirlik yöli bilan köp miqdorda pora oliş), 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan aybli deb topilib, 10 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortilgan. 2022 yil 28 dekabr kuni u Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining apellyatsiya hukmiga köra, aybsiz deb topilgan va oqlangan.
Oldinroq Qoraqalpoğistonda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini özlaştirib olgani xabar qilingandi.







