Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyo davlatlarini G‘arbga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi
Rossiya TIV Markaziy Osiyoda Vashingtonning demokratik islohotlariga o‘rin yo‘q, deb hisoblamoqda.
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarini G‘arb bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishda maksimal darajada ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin aytib o‘tdi.
«Biz va markaziy osiyolik do‘stlarimiz Amerikaning «mehribonligi» qanday bo‘lganini yaxshi eslaymiz, masalan, Qo‘shma Shtatlarning yaqindagi afg‘on dostoni qanday yakun topdi? Betartiblik va vayronalardan boshqa narsa emas. Hozirgi vaqtda, ko‘p qutbli dunyoga intilish kuchayib borayotgan vaziyatda Vashingtonning demokratik islohotlariga o‘rin yo‘q. Ular eng yaxshi holatda rangli inqiloblar bilan tugaydi», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bunday vaziyatda markaziy osiyolik hamkorlarni G‘arb davlatlari bilan munosabatlarda imkon qadar ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi.
«Biz Markaziy Osiyo va umuman MDH davlatlarining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash — birinchi navbatda o‘z davlatlarimiz vazifasi ekaniga ishonchimiz komil, shubhali maqsadlarni ko‘zlayotgan mintaqadan tashqari o‘yinchilarning emas. Bu maqsadlarga erishish uchun bizda hamma instrument bor – MDH, KXShT va ikki tomonlama ixtisoslashuv kelishuvlari», dedi Mixail Galuzin.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiya bilan munosabatlarni uzishga majburlamoqchi bo‘layotgani haqida gapirgan edi.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026