19:13 / 25.02.2023
9562
Reklama

Top 100 talikka kiruvchi Clermont Biznes Maktabi va Millat Umidi universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: Millat Umidi universiteti

Yaqin kunlarda hamkor universitet tomonidan Doctor of Business Administration (DBA) – biznes boshqaruvida doktorantura bo‘yicha respublikamizda Millat Umidi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi uchun qabulni reja qilyapti. Doktorantlar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarini Clermont Graduate School of Management Universitetining Fransiyada joylashgan ilmiy-tadqiqotlar markazida davom ettiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Clermont biznes maktabi Fransiyadagi eng qadimgi biznes maktablardan biridir. U 1919 yilda tashkil topganidan buyon  tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislardan tashkil topgan fakulteti tufayli biznes rahbarlarini tayyorlashda doimiy ravishda muvaffaqiyatga erishib kelmoqda.

2016 yilda Clermont biznes maktabi “Financial Times Ranking” reytingi bo‘yicha 86-o‘rinni va hozirgi kunda DBA yo‘nalishi bo‘yicha biznes maktablari orasida Top 100 talik o‘rindan joy egallagan.        

Murojaat uchun: +9989712000306                                               
Sayt: Millat Umidi University

Reklama

Top