Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini ma’qulladi
Unda 121 jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan cheklovlar joriy etilgan.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini ma’qulladi. Sanksiyalarga quyidagilar kiradi:
• Rossiyaning uchta bankiga nisbatan cheklovlar (ularning nomi rasman aytilmagan, Bloomberg xabariga ko‘ra, ular Alfa-Bank, Rosbank va Tinkoff bank),
• Harbiy dron ishlab chiqaradigan Eronning 7 ta kompaniyasiga nisbatan cheklovlar;
• ikki maqsadli tovarlarning Rossiya orqali tranzitini to‘liq taqiqlash (ilgari taqiq faqat eksportga nisbatan qo‘llangan),
• Rossiyadan sintetik kauchuk va bitum importini taqiqlash;
• «Sputnik» radiosi va RT Arabic telekanalining Yevropa Ittifoqi doirasida eshittirishlarini taqiqlash;
• rossiyaliklarning Yevropa Ittifoqining strategik ahamiyatga ega korxonalarida rahbarlik lavozimlarini egallashini taqiqlash;
• Rossiya fuqarolariga gaz omborlarini berishni taqiqlash (suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha ayrim obektlar bundan mustasno),
• harbiylar tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan muhim texnologiyalar va sanoat tovarlari (elektronika, transport vositalari, mashina qismlari, qurilish sektori tovarlari) eksportiga qo‘shimcha taqiqlar.
Yevrokomissiyada ta’kidlanganidek, yangi sanksiyalar paketini hisobga olgan holda, Bryussel Rossiyaga eksportining 49 foizini va Rossiyadan importining 58 foizini taqiqladi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026