Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoyguning kuyovi urushga qarshi postga layk qo‘ydi. Prigojin «uni tutib, frontga jo‘natish»ni taklif qildi

Foto: Getty Images / Antonio Masiello
RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning kuyovi Aleksey Stolyarov jurnalist Yuriy Dudning urushga qarshi yozilgan postiga layk qo‘ydi. OAV bunga e’tibor qaratgach, Stolyarov postni layklaganini rad eta boshladi.
Stolyarovning layk Dudning instagramda Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining bir yilligi munosabati bilan qoldirgan postida paydo bo‘lgan, jurnalist bu postda bo‘layotgan hodisalarni «Putin va uning atrofidagilar tomonidan boshlangan qonli va ma’nosiz urush» deb atagan.
Tez orada Dudning postidagi layk g‘oyib bo‘ldi, Stolyarovning o‘zi esa instagramida «hech narsani layklamagani»ni aytdi. «O‘zingizni fotoshop orqali manipulyatsiya qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Barchani quchib qolaman!» — deya yozdi u.
«Poligon.media» nashri esa Stolyarov muqaddam Dudning instagram sahifasidagi boshqa ikki postga ham layk bosgani haqida yozdi. Layklardan birini u rejissyor Aleksandr Molochnikov bilan intervyuga, ikkinchisini — «Novaya Gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov bilan intervyuga qo‘ygan.
Stolyarovning laykiga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ham e’tibor qaratdi. «Stolyarovni qo‘lga olib, mening oldimga olib kelish kerak. Men Z-xizmatkor sifatida uni olti hafta o‘qitib, unga tuzalishga yordam beraman va uni harbiy harakatlar hududiga yuboraman», — degan biznesmen.
- Yevgeniy Prigojin so‘nggi haftalarda mudofaa vazirligi va uning rahbariyatini, jumladan shaxsan Shoyguni ham tanqid qilmoqda. 22 fevral kuni u vazirni «Vagner»ning Baxmut atrofidagi yirik yo‘qotishlarida ayblab, agar mudofaa vazirligi yollanma jangchilarni o‘q-dorilar bilan ta’minlaganida, bu yo‘qotishlar bo‘lmagan bo‘lishi haqida aytgandi.
Tavsiya etamiz
Binyamin Netanyahu «yaroqsiz» ovqatdan zaharlandi
Jahon | 08:11 / 21.07.2025
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47 / 20.07.2025
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qator hududlarda issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 10:13
-
Maktabdagi so‘nggi 6 yillik o‘rtacha baholar test sinovi baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi
Ta’lim | 10:01
-
“Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025 yilning I yarim yilligi yakunlarini e’lon qildi
O‘zbekiston | 10:00
-
Rossiya muzokaralar raundi arafasida Odessa va Sumiga zarba berdi
Jahon | 09:36
Mavzuga oid

18:59 / 01.07.2025
Rossiya mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari 13 yilga qamaldi

23:17 / 17.06.2025
KXDR ishchilari Rossiyaning Kursk viloyatini tiklash uchun yuboriladi

21:50 / 26.05.2025
Rosgvardiya birinchi marta paytavalardan voz kechadi

12:04 / 25.04.2025