Jamiyat | 19:00 / 28.02.2023
15593
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

The Best Team – tarixda qolishni istagan dasturchi yigitlar jamoasi

Metrodagi tanish ovoz, faqat ayol haydovchilar chaqirish imkoniyati bo‘lgan yangi taksi ilovasi. O‘zbekistonda Mana brendi ostida Mana Taxi, Mana Maktab loyihalarini yaratgan dasturchilar jamoasi faoliyati haqida.

Makset, asoschi, 26 yoshda: “Yoshligimdan hakerlikka qiziqardim, o‘zbekistonlik Mark Tsukerberg bo‘lishni orzu qilardim. Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida kiberxavfsizlik sohasida tahsil oldim. U yerda dasturchilik yo‘nalishida bir muddat ishlaganimdan keyin O‘zbekistonga qaytib faoliyat boshladim. Buning uchun menga jamoa kerak edi. Shuning uchun sohadagi o‘z ishining ustasi bo‘lgan, yosh bo‘lgan yigitlarni bir jamoaga to‘pladim. Ayni paytda jamoamizda 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, turli viloyatlardan kelgan dasturchi yigitlar bor.

Mana brendi ostida bir nechta ilovalar ishlab chiqdik. Mana Taxi, Mana Maktab loyihalarimiz ayni paytda ishga tushgan. Yana bir nechta loyihalar ustida ishlayapmiz”.

Akbar, dasturchi, 24 yoshda:

“4 yildan beri dasturchilik sohasida faoliyat yuritaman. Shu vaqt ichida 35 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganman. Jamoamiz bilan bir oila bo‘lib, O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz”.

Sulton, biznes-analitik, 29 yoshda:

Mana Taxi loyihasini yaratishda ham yo‘lovchilarga, ham haydovchilarga qulay bo‘lishi haqida o‘yladik. Masalan, haydovchi bu ilovadan foydalanishda qayergadir borib ro‘yxatdan o‘tishi shart emas. Qo‘lidagi telefon orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi va o‘ziga tegishli barcha ma’lumotlarni, avtomobil markasini, suratlarini kiritadi. Shundan so‘ng moderatorlar tomonidan ma’lumotlar tekshirilib, tasdiqlanadi. Shundan keyin haydovchi o‘z ish faoliyatini boshlashi mumkin”.

Metrodagi tanish ovoz, faqat ayol haydovchilar chaqirish imkoniyati

“O‘zbekistonda taksi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan ilovalardan farqli o‘laroq biz viloyatlararo xizmatni yo‘lga qo‘yganmiz. Respublikaning istalgan hududiga borish yoki yetkazib berish uchun ilovada buyurtma qabul qilinadi.

Yana bir o‘zgacha yondashuvimiz ilovadagi o‘zbekcha ovozning o‘rnatilishi. Toshkent metropolitenida Muslima Murodovaning ovozi hammaga tanish va qadrdon. Shu opa bizga yordam berdi, ya’ni bu ovoz endi Mana Taxi ilovasida yangraydi.

Ayni paytda ilovani butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlatishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshiramiz”.

Xonimlar tarifi: faqat ayol haydovchilar keladi

Mana Taxi ilovasida “Xonimlar” tarifi bor. Bu tarifda faqat ayol haydovchilarni chaqirish mumkin. O‘zbek erkaklari tabiatan rashkchi. O‘z oilasidagi ayollarni – qizlari, turmush o‘rtoqlari, singillarini begona erkak haydovchining avtomobilida ketishini xohlashmaydi. Shuni hisobga olgan holda bu tarifni joriy qildik.

Bu tarif bilan biz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash haqida ham o‘ylaganmiz. Ular bizning ilovani yuklab olib, ishlashsa foizsiz foydalanishlarini ta’minlaymiz. Ular faqat ayollar va yosh bolalarga xizmat ko‘rsatishadi. Bu ayol haydovchilar uchun ham qulay bo‘ladi.

Bizda hozirgi vaqtda ayol haydovchilar soni kam. Ularning sonini ko‘paytirishimiz kerak: ham ish bilan ta’minlanadi, ham oiladagi ayollar va bolalarimiz uchun bexavotir bo‘lamiz.

Maqsadimiz – tarixda qolish

Biz yaratgan ilovamiz orqali aholiga qulay va yaxshi xizmatni qo‘lga qo‘yish maqsadida qisqa – 1310 raqamlarini ham ilovaga qo‘shganmiz. Internet ishlamaganda bemalol qisqa raqam orqali buyurtma berish mumkin. Lekin ilovamiz orqali buyurtmalarda mijozlar qo‘shimcha imkoniyatlardan ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Soham kiberxavfsizlik bo‘lgani uchun yaxshi maoshli joylarda ishlash takliflari ham bo‘ldi. Lekin jamoa bilan maqsadimiz bitta – o‘z ilovalarimiz bilan tarixda qolish. Hozir The Best IT one kompaniyasini ochib The Best Team jamoasida bir oila bo‘lib ishlayapmiz.

 Bu jamoani to‘plash oson bo‘lmadi. Aksariyat yigitlarimiz talaba, ayrimlari kattagina maosh oladigan ish joylarini tashlab bizga kelishgan. Ba’zida 3 oylab oylik bera olmadik. Lekin o‘sha paytda ham turib berishdi. Chunki kelajagimizga ishonamiz.

Murojaat uchun: +998900290079, +998330070079