11:00 / 02.03.2023
8779
Reklama

Qo‘yliq Katta Bozori - muvaffaqiyatli savdo uchun foydali sarmoya

“Qo‘yliq Katta Bozori” — O‘zbekistondagi eng yirik savdo loyihalaridan biri bo‘lib, u yerda har kim o‘zi va biznesi uchun katta imkoniyatlarni topishi hamda ularni hayotga tatbiq qilishi mumkin.

“Qo‘yliq Katta Bozori” loyihasi Ipak yo‘lining ko‘p asrlik tarixi va O‘zbekistonning cheksiz vohalaridan ilhomlanganlik natijasida bunyod etilgan. Kompleks markaz rejasi biznes va arxitektura professionallari tomonidan yaratilgan. U zamondan zamonga o‘tib kelayotgan an’analar va innovatsiyalarning uyg‘unligi mahsulidir. Savdo majmuasi Toshkent Yuqori Chirchiq tumani, ikki yirik avtomobil yo‘li — Toshkent halqa avtomobil yo‘li va Fayzobod ko‘chalari kesishmasida barpo etiladi.

Qo‘yliq Katta Bozori — hammabop joy

Binoning umumiy maydoni 600 000 m² dan ortiq bo‘lib, ularda jami 210 ta blok qurilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, savdo majmuasidagi jami do‘konlar soni 7 mingdan oshadi. Turar joy majmualari va villalar qurilishi ham amalga oshirilmoqda.

Markaz hududida yetarli miqdorda qulay joylashuvga ega avtoturargohlar tashkil etiladi.

Majmuaning fasad qismi oynalar va yorug‘lik bilan boyitilgan murakkab metall konstruksiyalarni qo‘llash yordamida yuqori sifatli zamonaviy materiallardan qurilmoqda. Majmua ichida mehmonlar va uy egalarining yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Qo‘yliq Katta Bozori kompleks markazi nimalardan iborat?

Kompleks markaz puxta o‘ylangan va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lganligi hamda maishiy texnika, to‘qimachilik, avtomobil ehtiyot qismlari, qurilish materiallari, elektronika, idish-tovoq, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari uchun turli xildagi savdo maydonlari, shuningdek, ofislar, restoranlar va turar joy binolarini o‘z ichiga olgani bilan e’tiborga loyiqdir. Majmua hududida ko‘plab do‘konlar jamlanganligi xaridorlar oqimini ta’minlaydi, bu esa do‘konlarini ijaraga beruvchilar va egalari uchun manfaatli bo‘ladi.

Imkoniyatlaringiz cheklanmagan — “Qo‘yliq Katta Bozori” savdo maydonlarida istalgan g‘oyangizni amalga oshirishingiz mumkin, kompleks markaz mehmonlari esa farovon hayot uchun barcha sharoitlar va undan ham ortig‘ini topadilar.

Eng foydali takliflarni olishga ulguring! “Qo‘yliq Katta Bozori” majmuasidagi savdo nuqtalari egalari ixtiyoriga barcha qurilish reglamenti normalariga javob beradigan qulay va zamonaviy binolar topshiriladi.

“Qo‘yliq Katta Bozori” dam olish kunlarisiz, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha sizni chorlaydi.

Qo‘yliq Katta Bozori — savdoning yangi avlodi.

Telefon: +998997777777 

📍Manzil: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani.

Reklama

Mavzuga oid
Top