Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlarini majburiy sug‘urta qilish joriy etilishi mumkin
Agar loyiha amalga oshsa, migrantlar barcha turdagi tibbiy yordam olishi mumkin bo‘ladi.
MDH Ijro qo‘mitasi yig‘ilishida mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini tibbiy sug‘urtalash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi kelishib olindi.
Loyiha Hamdo‘stlik mamlakatlari hududida mehnat migrantlari uchun majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etishni nazarda tutadi.
Loyiha Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Keyinchalik, loyiha Hamdo‘stlik Davlatlari hukumat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritilishi rejalashtirilgan.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, Rossiyada mehnat qilayotgan MDH davlatlaridan kelgan migrantlar barcha turdagi tibbiy yordam olishi uchun majburiy tibbiy sug‘urta joriy etiladi (hozirda ularga faqat shoshilinch tibbiy yordam bepul taqdim etilmoqda).
Mavzuga oid
10:45 / 26.06.2026
Noinfeksion kasalliklarga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etiladi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
08:43 / 11.06.2026