09:13 / 04.03.2023
7087

Yevroparlament raisi Kiyevga yetib bordi

Yevroparlament (YeP) raisi Roberta Metsola 3 mart kuni kechqurun Kiyevga yetib keldi. 

Foto: president.gov.ua

«Ukrainaga qaytganimdan xursandman», deb yozdi u Twitter'da. 

Metsola «butun dunyoni ilhomlantirgan bu jasur odamlar», «taslim bo‘lishni istamaydigan qahramonlar», «qadriyatlarimiz uchun hamma narsani qurbon qilganlar»ning hissasini qayd etdi va ukrainaliklarning «uyi» - Yevropa Ittifoqida ekanligini qo‘shimcha qildi. 

Twitter'dagi postlar ingliz va ukrain tillarida bo‘lib, Yevropa Ittifoqi va Ukraina bayroqlarini aks ettiradi. 

Roberta Metsola Kiyevga 2022 yilning aprel oyida tashrif buyurgan edi.

Avvalroq Yevroparlament raisi Roberta Metsola Ukrainaga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordamni oshirishga chaqirgandi.

«Bu urush zudlik bilan to‘xtatilishi kerak. Ukraina esa bu urushda g‘alaba qozonishi kerak», - dedi Metsola. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Ukraina uchun ko‘proq qurol, ko‘proq moliyaviy va gumanitar yordam, amaliy birdamlik va Rossiyaga qarshi ko‘proq sanksiyalar» degan ma’noni anglatadi. «Ukrainaga qurol kerak, Yevropa esa bu qurollar bilan yordam berishi mumkin», dedi prezident.

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi haqida gapirar ekan, Metsola urush boshlanganidan beri YeI Ukrainaga ko‘rsatayotgan «qo‘llab-quvvatlashidan faxrlanishini», ammo Yevropa Ittifoqi hali ham «ko‘proq narsani qila olishiga» ishonishini aytdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top