Vengriya boş vaziri Viktor Orbanning FIDeS partiyasi mamlakat eng yirik siyosiy kuçi bölib qolişiga qaramay, Yevropa parlamenti saylovlarida eng yomon natijani körsatdi. 10 iyun, duşanba kuni Budapeştdagi saylov komissiyasi deyarli barça ovozlarni sanab bölganidan söng, saylovçilarning 44,6 foizi öng qanot populistik hukmron partiyaga ovoz bergani ma’lum böldi. 

Şu tariqa, FIDeS Yevroparlamentga hozirgi 13 deputat örniga 11 nafar deputatni yuborişi mumkin böladi. 2009 yildan buyon ötgan uçta Yevropa saylovlarida u 50 foizdan ortiq ovoz olib kelgandi. 

Siyosatga yangi kirib kelgan Madyar deyarli 30 foiz oldi 

Ayni paytda, Orban partiyasining ötgan saylovlardagi asosiy raqibi – Peter Madyar boşçiligidagi yangi konservativ «Hurmat va erkinlik» (TISZA) partiyasi 29,7 foiz ovoz olib, Yevropa parlamentida 7 ta mandatga ega böladi. Vengriyadan yana 2 ta mandat saylovçilarning 8,1 foiz ovozini olgan sotsial-demokratik alyansga beriladi. Bir mandat öta öngçi «Bizning vatan» partiyasiga beriladi, uni saylovçilarning 6,8 foizi qöllab-quvvatladi. 

43 yoşli advokat Peter Madyar avvalroq sobiq adliya vaziri Yudit Vargega uylangan hamda davlat kompaniyalari va muassasalarida turli lavozimlarda işlagan. 2024 yil boşida u jamoatçilikka deyarli noma’lum edi, ammo fevral oyida Orban tizimidan voz keçganini oçiq e’lon qildi va sönggi oylarda hukumatga qarşi bir neçta yirik mitinglar ötkazib, milliy e’tirofga sazovor böldi. U Vengriyani 2010 yildan beri boşqarib kelayotgan FIDeS va uning rahbari Orban boşqaruviga barham beriş niyatida. 

Yevroparlamentga saylovlar natijalari 

Yevroparlamentga saylovlarda öng markazçi partiyalar alyansi, Yevropa xalq partiyasi (YeXP) ğalaba qozondi. YeXP parlamentdagi 720 örindan 189 tasini aniq qölga kiritdi. Taqqoslaş uçun: joriy çaqiriq Yevropa parlamentida bu alyans 176 mandatga ega. Ikkinçi örinda sotsial-demokratik kuçlar turibdi. Ular 135 ta mandat olyapti (hozirgaça ular 139 mandatga ega edi). Uçinçi natija 83 öringa ega bölgan «Yevropani yangilaş» liberal fraksiyasida. Bu 2019 yilgi Yevropa parlamenti saylovlari natijalaridan 19 taga kam. 

«Yaşillar»/Yevropa erkin ittifoqi yirik mağlubiyatga uçradi. Şu paytgaça ular Yevropa parlamentida 72 öringa ega edi. Biroq joriy saylovlarning dastlabki rasmiy natijalariga köra, ular bor-yöği 53 mandatni saqlab qolişi mumkin. Garçi öng qanot populistik partiyalar, jumladan, «Germaniya uçun muqobil» 2019 yilga nisbatan öz natijalarini sezilarli darajada yaxşilagan bölsa-da, kuçli Bryussel siyosati tarafdorlari lageri katta bölib qolmoqda. Dpa agentligi hisob-kitoblariga köra, Yevroparlamentga kirgan barça öng qanot partiyalar birlaşgan taqdirda ham ularning vakillari jami 200 dan ortiq mandat ololmaydi. Yevroparlamentdagi köpçilik uçun 361 örin kerak.