Jahon | 22:32 / 06.03.2023
15690
1 daqiqa o‘qiladi

«Bu - o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam» - Saida Mirziyoyeva

Senat o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Saida Mirziyoyeva buni ta’lim sohasidagi katta voqelik deb atadi. 

Senat o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.  

Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva buni olqishladi. 

«Bu - o‘qituvchilar himoyasi yo‘lida tashlangan katta qadam. Ishonchim komilki, endi ularni vazifasiga kirmaydigan ishlarga majburlamoqchi bo‘lganlar qonun oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Qonunni Prezident imzolagach, o‘qituvchilar, umuman, ta’lim sohasi uchun katta voqelik bo‘ladi. Kutamiz», deb yozdi u. 

Mavzuga oid