Saudiya elchisi mamlakatda ayollarga e’tibor doirasidagi qadamlarni keltirib o‘tdi

Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf ibn Solih al–Gahra xalqaro xotin–qizlar kuni munosabati bilan bayonot berib, Saudiya Arabistoni podshohligi «2030 yilga nigoh» strategiyasiga binoan ayollarga e’tibor doirasida bir qator qadamlar qo‘yilganini bildirdi.
Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
- Ayol va erkak orasida tenglik qaror topishi yo‘lida hujjatlarga o‘zgarishlar kiritildi va e’lon qilindi. Ularning eng muhimlari Ish nizomi, Safar hujjatlari nizomi, Fuqarolik holati nizomi, Ijtimoiy ta’minot nizomi, Yo‘l harakati nizomi, Shaxsiy holat nizomi bo‘lib, ayollarning kasbiy, ijtimoiy va oila huquqlarini mustahkamlash kafolatlarini qamrab oladi.
- Saudiyalik ayollar ma’lumotlar texnologiyasi va kommunikatsiya, tibbiyot, turizm, sport, ko‘ngil ochish, moliya, iqtisod, madaniyat va qadriyatlar kabi turli sohalarda zamonaviy ish joylariga ega bo‘lishlariga yordam ko‘rsatish uchun tegishli ta’lim yo‘nalishlari yaratildi va rivojlantirildi.
Bundan tashqari, saudiyalik ayollar Sho‘ra kengashi a’zolarining kamida 20 foizini tashkil etadi. Sho‘ra kengashida bir qator ixtisoslashgan qo‘mitalarga rahbarlik va a’zolikka ayollar tayinlanmoqda. Kengashda 97 nafar ayol ishlamoqda. Shuningdek 154 nafar ayol diplomatiya sohasida ishlab, ulardan 33 nafari Saudiya Arabistoni podshohligi Tashqi ishlar vazirligida rahbar lavozimlarni egallagan. Bugungi kunda besh nafar ayol podshohlik elchilari vazifalarini ado etmoqda.
Xalqaro xotin–qizlar kuni munosabati bilan elchi ayollarni chin ko‘ngildan tabriklagan va jamiyat qurilishida tutgan muhim o‘rinlarini ko‘rsatib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston | 09:23
-
Tramp Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumini «juda zaif» deb atadi
Jahon | 09:21
-
Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:16
-
Isroil sobiq bosh vaziri: Netanyahu Eronga hujum bilan G‘azodan e’tiborni chalg‘itdi
Jahon | 09:07
Mavzuga oid

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

10:38 / 12.06.2025
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025