Saudiya Arabistonining Umumiy statistika boşqarmasi (GASTAT) 2025 yilgi Haj ziyorati böyiça rasmiy statistikani e’lon qildi. Unga köra, ziyoratni jami 1 million 673 ming 230 nafar ziyoratçi ado etgan.

Şundan:

  • 171 davlatdan 1 million 506 ming 576 nafar ziyoratçi qirollik hududidan taşqaridan turli kiriş nuqtalari orqali kelgan;
  • 166 ming 654 nafari esa qirollik fuqarolari va rezidentlari bölgan (ya’ni Saudiya fuqarolari hamda mamlakatda yaşovçi çet elliklar).

GASTAT statistik axborotida qayd etilişiça, erkak ziyoratçilar soni – 877 ming 841 nafar, ayol ziyoratçilar soni esa – 795 ming 389 nafarni taşkil qilgan. Saudiyaga ziyoratçilar eng köp havo hududi orqali, samolyotlarda kirib kelgan. Xususan:

  • Havo yöli orqali kelgan ziyoratçilar soni – 1 million 435 ming;
  • Quruqlik çegara ötkaziş punktlari orqali – 66 ming 465;
  • Dengiz portlari orqali – 5,1 ming nafar.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi boş direktori, general-leytenant Muhammad al-Bassamiy Makkaga kiriş uçun haqiqiy ruxsatnoma — Haj vizasiga ega bölmagan 269 mingdan ortiq kişi orqaga qaytarilganini va qariyb 76 ming qoidabuzar hibsga olinganini bildirgan edi. Ularga deportatsiya, jarima va 10 yil davomida mamlakatga kirişining taqiqlanişi kabi jazo çoralari körilişi mumkin. Şuningdek, Al-Bassamiy sözlariga köra, 252 ta soxta Haj şirkati, 1239 ta qoidabuzar taşuvçi aniqlangan, qariyb 110 mingga yaqin transport vositasi talabga javob bermasligi tufayli Makkaga kiritilmagan.

GASTATʼning ma’lumot berişiça, 1446H / 2025 yilgi Haj statistikasini tayyorlaşda asosiy manba sifatida qirollik Içki işlar vazirligining ma’muriy yozuvlariga tayanilgan.

Ziyoratçilarga 250 mingdan ziyod xodimlar — soğliqni saqlaş, xavfsizlik va logistikani ta’minlaşda xizmat körsatdi. Saudiya Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lum qilişiça, issiq tufayli huşsizlaniş holatlari ötgan yilga nisbatan 90% ga kamaygan. Bunga soyali maydonlar va tibbiy punktlar sonining köpaytirilgani sabab bölgan.