Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi Haj marosimlari boşlanişi arafasida «Ruxsatsiz hajga yöl qöymaslik» kampaniyasi doirasida Haj qoidalarini buzgan 75 mingdan ortiq kişini hibsga oldi.

Jamoat xavfsizligi boş direktori, general-leytenant Muhammad al-Bassamiy Makkaga kiriş uçun haqiqiy ruxsatnomaga (Haj vizasi) ega bölmagan 269 mingdan ortiq kişi orqaga qaytarilganini va qariyb 76 ming qoidabuzar hibsga olinganini tasdiqladi. Endi ularni deportatsiya, jarima va 10 yil davomida mamlakatga kirişining taqiqlanişi kabi jazo çoralari kutmoqda.

Al-Bassamiy sözlariga köra, şuningdek, 252 ta soxta Haj şirkati, 1239 ta qoidabuzar taşuvçi aniqlangan, qariyb 110 mingga yaqin transport vositasi talabga javob bermasligi tufayli Makkaga kiritilmagan.

Muqaddas qadamjolar xavfsizligini ta’minlaş uçun barça texnik va insoniy imkoniyatlar, jumladan dronlar, kuzatuv kameralari, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qiliş kabi imkoniyatlar işga tuşirilganini ta’kidlab, «kim xavfsizlikni yoki körsatmalarni buzişga harakat qilsa, unga şafqatsiz qat’iy çoralar köriladi», dedi u.

Pasport xizmatlari boş direktori vazifasini bajaruvçi general-mayor Solih Al-Murabba 1 iyun holatiga qirollikka kelgan ziyoratçilar soni 1 mln 475 ming 230 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Islomiy işlar, da’vat va hidoyat vazirligi Haj va Umra vazirligi ziyoratçilarni muqaddas qadamjolarda havo harorati yuqori bölişidan ogohlantirib, zarur tartib va ​​qoidalarga rioya qilişga çaqirdi.

Şuningdek, tasdiqlangan ziyorat jadvallariga rioya qiliş, muqaddas qadamjolar orasidan sayr qilmaslik va buning örniga rasmiy transport vositalaridan foydalaniş zarurligi ta’kidlandi.

Vazirlik haj xizmatlarini körsatuvçi kompaniyalar mehmonlar xavfsizligini ta’minlaş va Haj ziyoratini bemalol bajarişi uçun barça körsatmalarga rioya qiliş muhimligi haqida xabardor etişi zarurligini ta’kidladi.