Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
6 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko‘rib chiqqan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026