Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eron Rossiyaga millionlab o‘q-dorilarni yashirincha yetkazib berdi

Foto: Reuters
Rossiya bayrog‘i ostidagi ikkita yuk kemasi yanvar oyi o‘rtalarida Kaspiy dengizi orqali Erondan Rossiyaning Astraxan portiga 200 konteyner o‘q-dorilarni yetkazib berdi. Bu haqda AQSh razvedkasidagi yuqori martabali manbaga tayanib, Sky News xabar bermoqda.
Ushbu kemalar 100 million o‘qotar qurollar uchun patronlar va 300 000 ga yaqin snaryadlarni yetkazib bergan bo‘lishi mumkin, buning uchun Rossiya naqd pul to‘lagani aytiladi.
Xabar qilinishicha, Eron Rossiyaga 5,56 mm, 7,62 mm, 9 mm, 12,7 mm va 14,5 mm kalibrli patronlar, shuningdek, granatomyotlar uchun granatalar, raketa, minomyot va artilleriya snaryadlari yetkazib bergan.
Bundan tashqari, bortda 10 mingga yaqin zirhli jiletlar hamda dubulg‘alar bo‘lishi mumkinligi xabar qilinmoqda.
Avvalroq Rossiya Ukraina poytaxti Kiyevga tahdidni kuchaytirish uchun Bryansk viloyatidan Eronning Shahed kamikadze-dronlarini uchirishni boshlagandi.
Britaniya harbiy razvedkasiga ko‘ra, 27 fevralga o‘tar kechasi mamlakat havo hududida uchirilgan 14 ta Shahed dronidan 11 tasi urib tushirilgan, ulardan to‘qqiztasi Kiyev yaqinida yo‘q qilingan.
«Hujum yo‘nalishini hisobga olsak, bu Shahed uchuvchisiz uchoqlari, ehtimol, Bryansk viloyatidan uchirilgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq, 2022 yil dekabri o‘rtalaridan boshlab dronlar faqat Krasnodar o‘lkasi, Azov dengiz orqali uchirilayotgandi», deb yozgan Britaniya Mudofaa vazirligi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
-
Vetnamda ichida sayyohlar bo‘lgan yaxta ag‘darilib ketdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

14:57 / 19.07.2025
Rossiya rep ijrochi Face'ni qidiruvga berdi

12:41 / 19.07.2025
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi

11:44 / 19.07.2025