14:39 / 08.03.2023
13550

Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keldi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, prezident ma’muriyati rahbari Oqilbek Japarov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Foto: gov.kg

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘zbek tomonining taklifiga binoan O‘zbekistonga kelgan.

Tashrif davomida mamlakatning turli hududlarida joylashgan qator sanoat va ilmiy-texnika korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston oliy rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Oqilbek Japarov Jizzax viloyatining Manas qishlog‘ida istiqomat qiluvchi etnik qirg‘izlar bilan ham uchrashish niyatida.

Top