Tbilisidagi mitingda muxolifat ikkita shart qo‘ydi
Gurjiston poytaxtida «xorijiy agentlar» haqidagi qonunga qarshi ikki kundan beri norozilik namoyishi o‘tkazilmoqda.

Foto: Nini Gabritchidze
Tbilisidagi parlament binosi oldida 10 mingga yaqin odam to‘plandi, deb xabar berdi Paper Kartuli. Bu «Xorijiy agentlar» qonuniga qarshi ommaviy norozilik namoyishlarining ikkinchi kuni. Muxbirning xabar berishicha, namoyishchilar olomoni to‘rt kvartalga cho‘zilgan, Rustaveli shoh ko‘chasi to‘sib qo‘yilgan.
Batumi shahrida ham norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xabarga ko‘ra, mingga yaqin kishi universitet binosi yonida to‘plangan, ularning aksariyati talabalar.
7 mart kuni Gurjiston parlamenti «xorijiy agentlar» haqidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bundan norozi bo‘lgan odamlar kechqurun bino yaqinida to‘plandi. Yakunda namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashdi. Kuchishlatar tuzilma vakillari olomonga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlarni ishlatdi. So‘ngra 66 nafar namoyishchi hibsga olingan edi.
8 mart kuni o‘tkazilgan namoyishda muxolifat vakili Georgiy Vashadze hukumatga ikkita shart qo‘ydi.
«Rossiya» qonuni («Xorijiy agentlar» haqidagi qonun nazarda tutilmoqda) zudlik bilan parlamentdan qaytarib olinishi va kecha qo‘lga olinganlar ozod etilishi shart», dedi u. Mamlakat rahbariyatiga 1 soat vaqt beramiz, aks holda «boshqa choralarni ko‘ramiz», deb qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT Rossiyaning Kriviy Rigga hujumini keskin qoraladi
Jahon | 13:49
-
Germaniyada O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
O‘zbekiston | 13:38
-
G‘azoni bo‘laklarga bo‘layotgan Isroil, Amerikada Trampga qarshi namoyishlar va bojlar oshirilishiga qarshi chiqqan Ilon Mask - kun dayjesti
Jahon | 13:37
-
Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi

12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

08:12 / 06.03.2025