14:32 / 08.03.2023
14923

Termizda kuchli chang bo‘roni hodisasi kuzatildi

Foto: KUN.UZ

Termiz shahrida kuchli chang bo‘roni hodisasi kuzatildi. Bu haqda gidrometeorologiya sohasi mutaxassisi Erkin Abdulahadov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt soat 11:30 lardan Termiz shahrida ko‘rinish masofasi 1000 metrlardan pasayuvchi kuchli chang bo‘roni hodisalari kuzatila boshlangan.

Natijada, "Toshkent-Termiz" yo‘nalishidagi aviaparvoz ham aynan Termizda kuzatilayotgan kuchli chang bo‘ron sabab aerodromga qo‘na olmasdan ortga qaytgan.

Soat 13:00 holatiga Termizda ko‘rinish masofasi 1100 metr bo‘lib, chang bo‘roni kuchli darajadan o‘rtacha ko‘rinishga tushgan.

Top