29 avgust kuni Termiz şahrida «Termiz xalqaro savdo markazi»ning rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.

Özbekiston hukumati matbuot xizmatining xabar berişiça, tadbirda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, Afğoniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi Abdul Ğani Barodar, Ozarbayjon boş vazirining örinbosari Şaxin Mustafayev, Qirğiziston iqtisodiyot va savdo vazirining örinbosari Nazarbek Malayev, Qozoğiston Respublikasi savdo va integratsiya vazirining örinbosari Qayrat Torebayev va boşqalar iştirok etdi.

Qayd etilişiça, qulay işbilarmonlik muhiti va logistikani yaratiş, ma’muriy tartib-taomillarni soddalaştiriş va tadbirkorlar uçun zarur şaroit yaratiş maqsadida «Termiz xalqaro savdo markazi» barpo etilgan.

«Mazkur Markaz mintaqamizda savdo aloqalarini kengaytiriş va qöşma loyihalarni amalga oşirişda muhim platformaga aylanişiga işonç bildirildi. Markazda Afğoniston fuqarolariga savdo-sotiq qilişlari, ta’lim, tibbiyot hamda boşqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar haqida söz yuritildi,» – deyiladi rasmiy relizda.

Ramziy tasma kesilib, Markaz rasman oçilganidan söng diplomatik korpus vakillari «Termiz xalqaro savdo markazi» faoliyati bilan tanişdi.

Şuningdek, Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Termiz şahrida Afğoniston Boş vaziri vazifasini bajaruvçi Abdul Ğani Barodar hamda Ozarbayjon Respublikasi boş vazirining örinbosari Şaxin Mustafayev bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazgan.