«Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2024 yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nişonlanadi.
Tadbirni yuqori saviyada nişonlaş böyiça quyidagilarni nazarda tutuvçi çora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
Imom Termiziyning «Aş-Şamoil al-Muhammadiyya» va «Sunani Termiziy» asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan köp jildlik akademik tarjima va şarhini tayyorlaş hamda ularni naşr etiş;
2024 yil oktyabr oyida Toşkent şahrida «Islom – tinçlik va ezgulik dini» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz şahrida «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkaziş.
2024 yil sentabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va Özbekiston xalqaro islom akademiyasida «Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: ötmiş va bugun» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi ötkaziladi.
Özbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari örtasida «Imom Termiziy asarlari böyiça hadislar bilimdoni» tanlovini ötkaziş va ğoliblarni munosib taqdirlaş tavsiya etildi.











