Jurnalist Akmal Toshev 38 yoshida vafot etdi
Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Akmal Toshev Foto: Ijtimoiy tarmoq
“Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyati bosh mutaxassisi Akmal Toshev 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga tahririyat xodimlari ma’lum qilishdi.
Bosh prokuratura sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.Toshevning o‘limi "Yurak tamponadasi, o‘pka arteriyasi anevrizmasining yorilishi, yurak tug‘ma nuqsoni, yurak bo‘lmachalari defekti"dan kelib chiqqani haqida xabar bergan.
Akmal Toshev 1985 yil 6 aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida bakalavriat (2004–2008-yillar), magistratura (2011–2013-yillar) bosqichlarida tahsil olgan.
“Mohiyat lahzalari” (2008), “Farishtali kunlar” (2011) nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. She’rlari “Qashqadaryo bayozi” (2007), “Yoshlar kitobi” (2008) hamda “Oltin ko‘prik” (2010) almanaxlariga kiritilgan.
“XXI asr”, “Ishonch” gazetalari, Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatida faoliyat yuritgan jurnalist so‘nggi uch yildan buyon “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston | 18:33
-
Gretsiyaning Xios orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi - fotolar
Jahon | 18:29
-
Britaniyalik olimlar ichak tayoqchasini modifikatsiya qilib, plastmassani paratsetamolga aylantirdi
Jahon | 18:24
-
AQSh Oliy sudi migrantlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
Jahon | 17:41