Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple sobiq xodimlari iPhone «vorisi»ni taqdim etmoqchi
Smartfonga ChatGPT qandaydir tarzda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Amerikaning Humane kompaniyasi odamlarning smartfonlar bilan o‘zaro munosabatini o‘zgartira oladigan qandaydir yangi qurilmani taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal.
Taxminlarga ko‘ra, bu taqiladigan qurilma bo‘lib, displeyni, ehtimol foydalanuvchining qo‘liga proyeksiya qila oladi. Shuningdek, atrofdagi narsalarni taniy oladigan ovozli boshqaruvga ega kamera ham borligi aytilmoqda. Uni atrofdagi narsalarga qaratib «bu qanday markadagi mashina», «bu qanday bino», «bu kiyim menga mos keladimi» kabi savollarni berish mumkin.
Humane kompaniyasi Microsoft va OpenAI bilan hamkorlikda qurilma ustida ishlamoqda. Shuning uchun, ChatGPT qurilmaga qandaydir tarzda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Humane kompaniyasiga besh yil avval Apple kompaniyasining sobiq rahbarlari: Imron Chaudri (interfeyslarni ishlab chiqish bo‘yicha sobiq direktor), Betani Bonjorno (operatsion tizimlar bo‘yicha sobiq direktor) va Patrik Geyts (sobiq katta texnik direktor) tomonidan asos solingan. Shuning uchun ham ayrim OAV yangi qurilmani iPhone «vorisi» va hatto «qotili» deb atamoqda.
Mavzuga oid
08:55
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026