Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehriddin Abdullayev Hisob palatasiga qaytdi
Oxirgi 3 yil davomida “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan Mehriddin Abdullayev Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U avval ham ushbu palata raisining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Foto: "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati
Prezident farmoni bilan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
“Huquqiy axborot”da ma’lum qilinishicha, bu haqdagi prezident farmoni 10 mart kuni qabul qilingan.
Mehriddin Abdullayev 2020 yil yanvaridan buyon “O‘zbekneftgaz” AJ raisi lavozimida ishlayotgandi. 2022 yil dekabrida energetika inqirozi sabab boshqa mas’ullar qatorida hayfsan olgandi. Kuni kecha “O‘zbekneftgaz” rahbarligiga Bahodir Siddiqov tayinlangani ma’lum bo‘ldi.
Abdullayev Hisob palatasida avval ham faoliyat yuritgan: 2017 yil dekabrda palata raisining o‘rinbosari, 2019 yil sentabrda birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
U turli yillarda Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
11:37 / 19.12.2025
Neft-gaz sohasida kutilgan natijalarga erishilmayapti - Qo‘chqorov
22:32 / 17.12.2025
Yunusobod va Sergeli tumanlariga yangi hokim tayinlandi
20:28 / 17.12.2025
«O‘zbekneftgaz» Trampga yaqin ekani aytiladigan lobbi kompaniya bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
18:59 / 17.12.2025