Baxtiyor Saidov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov kecha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk bilan uchrashdi.
Volker Turk O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jumladan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ijobiy baholadi.
Oliy komissarga mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘nggi ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida inson huquqlari sohasida hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi davomida qator vazirlik va idoralarda hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
14:14 / 26.06.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ummonga tashrif buyuradi
07:36 / 01.06.2024
O‘zbekiston vakili tarixda birinchi marta Inson huquqlari qo‘mitasi a’zoligiga saylandi
21:53 / 29.05.2024
Dunyo bo‘ylab qatllar soni so‘nggi 10 yil ichida eng yuqori darajaga yetdi
11:30 / 28.05.2024