O‘zbekiston | 16:38 / 30.08.2024
1058
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri UNFPA doimiy vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri UNFPA'ning mamlakatdagi doimiy vakili bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abaszadeni qabul qildi.

"BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi doimiy vakili, doktor Nigina Abaszade xonim bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati onalar salomatligini yaxshilash, aholi o‘sishi, yoshlar salohiyatini oshirish, gender tengligi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda. 

"Biz 30 yildan ziyod vaqt davomida mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan UNFPA jamoasi tomonidan olib borilayotgan barcha muhim ishlarni qadrlaymiz", - deydi Baxtiyor Saidov.

Mavzuga oid