"Vazirlikda Air Producs raisi, prezidenti va bosh direktori janob Seyfi Gasemi bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati energiya tejamkor iqtisodiyotni rivojlantirish hamda eng yaxshi jahon tajribasi va texnologiyalarini jalb etishga bel bog‘lagan.
O‘zbekiston Air Producs kompaniyasining jahon miqyosida top-5 investitsion yo‘nalishlari qatoriga kirib, dunyodagi eng ilg‘or energiya ishlab chiqarish zavodlaridan biriga ega.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.















