Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT O‘zbekistondagi afg‘on qochqinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun pul ajratadi
Shuningdek, afg‘on qochqinlari va ularni qabul qiluvchi mezbon oilalarni rag‘batlantirish uchun 13 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

Foto: Bradley Secker/Global Look
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi (UNHCR) murojaatiga ko‘ra, 2023 yilda afg‘onlarga yordam berish uchun 4,62 milliard AQSh dollari kerak. Bu haqda BMT saytiga tayanib, CentralAsia xabar berdi.
«Afg‘oniston ayni damda dunyodagi eng yirik va eng og‘ir gumanitar inqirozlardan birini boshdan kechirmoqda. Rekord darajadagi 28,3 million kishi (aholining uchdan ikki qismi), jumladan, ayollar va qizlar insonparvarlik yordami va himoyasiga muhtoj. Ehtiyojlar ayollarga nisbatan yaqinda qo‘yilgan cheklovlar, jumladan, nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqlash bilan yanada kuchaymoqda.
Departamentning fikricha, afg‘onlarga moliyaviy yordam ochlik, kasallik, to‘yib ovqatlanmaslik va o‘limning oldini olish uchun muhim bo‘lib qolmoqda. 2022 yilda shunga o‘xshash murojaat atigi 52 foizga moliyalashtirildi va zarur bo‘lgan 623 million dollardan 321 million dollar yig‘ildi.
Bundan tashqari, brifingda qo‘shni mamlakatlardagi afg‘on qochqinlari va ularni qabul qiluvchi mezbon oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 13 million dollarlik mintaqaviy reja e’lon qilindi.
«2023 yilga mo‘ljallangan afg‘on qochqinlarining mintaqaviy qo‘llab-quvvatlash rejasiga ko‘ra, besh qo‘shni davlatda: Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi afg‘onlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 613 million dollar ajratiladi. Bu mamlakatlarda 8,2 millionga yaqin afg‘on, jumladan, ro‘yxatga olingan ikki milliondan ortiq qochqin yashaydi. Ularning ko‘pchiligi o‘nlab yillar davomida mintaqada, asosan, Eron va Pokistonda qolgan», deyiladi BMT xabarida.
2021 yildan beri Markaziy Osiyoga 1,6 million afg‘on qochqinlari kelgan. Qo‘llab-quvvatlashga muhtojlarning 70 foizidan ortig‘ini ayollar va bolalar tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Vagner" XHK Malida tinch aholini o‘ldirishda ayblanmoqda
Jahon | 09:30
-
O‘zbekiston energetika sohasiga mikroinvestitsiyalar jalb qilinadi
Iqtisodiyot | 09:08
-
Moldovadan qochgan oligarx Plaxotnyuk Gretsiyada ushlandi
Jahon | 09:02
-
O‘zbekiston va Turkmaniston dori vositalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar tashkil etadi
Iqtisodiyot | 08:57
Mavzuga oid

22:59 / 23.07.2025
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi

14:08 / 21.07.2025
BMT boshqarmasi G‘azo sektoridan evakuatsiya bo‘yicha chaqiriqni qoraladi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

00:57 / 21.07.2025