Jahon | 23:07 / 15.03.2023
15968
4 daqiqa o‘qiladi

Muhojirlar uchun eng yaxshi va eng yomon 10 ta shahar ma’lum qilindi 

Vatanni tark etganlar uchun eng qulay va eng noqulay joylar ro‘yxati tuzildi. 

Valensiya (Ispaniya) / Foto: Getty Images

Expat Essentials Index reytingiga ko‘ra, 2022 yilda xorijga ko‘chib o‘tganlar uchun eng yaxshi 3 ta yo‘nalish — Valensiya (Ispaniya), Dubay (BAA) va Mexiko (Meksika) shaharlari bo‘ldi. 

Valensiya muhojirlarga ajoyib hayot sifatini taklif etadi. Muhojirlar jamoat transportini hamyonbop deb ta’riflaydi va sport bilan shug‘ullanish uchun katta imkoniyatlardan foydalanadi. Shuningdek, xorijliklarning 92 foizi Valensiyada o‘zini xavfsiz his qiladi. Shahar yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, chet elda ishlash indeksi uning eng zaif joyidir. U karera istiqbollari bo‘yicha oxirgi o‘rinlarni egallaydi. Xorijliklarning 50 foizi mahalliy mehnat bozorini salbiy baholaydi. 

Dubayda xorijliklar ma’muriy masalalarni osonlikcha hal qiladi. Bu shahar ish va dam olish uchun juda qulay joy. Muhojirlarning xabar berishicha, mahalliy hokimiyat idoralari bilan ishlash oson va ko‘plab davlat xizmatlari onlayn taqdim etiladi. Deyarli barcha muhojirlar avtomobillarga qulay infratuzilma yaratilganidan mamnun. Ular madaniyat va tungi hayotni, shuningdek, oshxona xilma-xilligi va restoranlarni yuqori baholaydi. Muhojirlar mehnat sharoitlaridan qoniqish hosil qiladi va mahalliy biznes madaniyati ijodkorlikni rag‘batlantirayotganini qayd qiladi. 

Mexikoda joylashib olish boshqa joyga qaraganda ancha oson. Muhojirlar u yerda o‘zini uydagidek his qiladi va mahalliy aholini odatda do‘stona deb biladi. Muhojirlar bu shaharda moliyaviy ahvolidan eng ko‘p qoniqish hosil qiladi. Shuningdek, xorijliklar shaxsiy karera imkoniyatlaridan va umuman ish joylaridan mamnun. Ammo Mexiko hayot sifati bo‘yicha yomon ko‘rsatkichlarga ega. Muhojirlar, ayniqsa, atrof-muhit va iqlim, xavfsizlik masalalaridan norozi. 

Muhojirlar uchun dunyodagi eng yaxshi 10 ta shahar:

1. Valensiya (Ispaniya)

2. Dubay (BAA)

3. Mexiko (Meksika)

4. Lissabon (Portugaliya)

5. Madrid (Ispaniya)

6. Bangkok (Tailand)

7. Bazel (Shveytsariya)

8. Melburn (Avstraliya)

9. Abu Dabi (BAA)

10. Singapur (Singapur) 

Shu bilan birga, Yohannesburg, Frankfurt va Parij 2022 yildagi eng yomon yo‘nalishlar deb topildi. 

1. Yohannesburg (JAR)

2. Frankfurt-Mayn (Germaniya)

3. Parij (Fransiya)

4. Istanbul (Turkiya)

5. Honkong (Xitoy)

6. Hamburg (Germaniya)

7. Milan (Italiya)

8. Vankuver (Kanada)

9. Tokio (Yaponiya)

10. Rim (Italiya) 

Yohannesburg (Janubiy Afrika) umuman olganda va ayniqsa hayot sifati indeksi bo‘yicha dunyodagi eng yomon manzil deb topildi. Muhojirlar jamoat transportidan norozi, o‘zini xavfsiz his qilmaydi, mahalliy mehnat bozori va shaxsiy karera imkoniyatlarini salbiy baholaydi, shuningdek, farovon hayot uchun shaxsiy mablag‘lar yetishmasligidan qoniqmaydi. 

Frankfurt barcha toifalar bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlarga ega: raqamli hayot, til, ma’muriy masalalar va juda qimmat turar joylar. 

Parij - madaniyat uchun eng yaxshi shahar, lekin juda qimmat. Bu shaharda muhojirlar uchun uy-joy topish juda qiyin, uning narxi juda qimmat, xarajatlar ko‘p, aholi ham moliyaviy ahvolidan juda norozi. Muhojirlarni bu yerda yaxshi qabul qilishmaydi, parijliklar xorijliklar bilan do‘stona munosabatda emas va mahalliy aholi orasida do‘stlarni topish qiyin. 

Mavzuga oid