Hashar o‘tkazish taqiqlangan joylar ma’lum qilindi
Hashar tashkil etish qoidalari, uni o‘tkazish taqiqlangan joylar haqida xabar berildi.
Qonunchilikka ko‘ra, hashar quyidagi shartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o‘tkaziladi:
- umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida faqat Prezidentning tegishli hujjati yoki Hukumat qarori bo‘lganda;
- mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;
- jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.
Shuningdek, quyidagi joylarda hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanadi:
- avtomobil yo‘llarida;
- harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalarda;
- suv obektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalarda;
- qurilish maydonlarida;
- bino va inshootlar tomida;
- xavfli ishlab chiqarish obektlarida;
- insonlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida 18 mart kuni O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024