Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mart oyida O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya nefti yetkaziladi
Mahsulot Qozog‘iston orqali yetkazib beriladi.
Qozog‘istonning «QazTransOyl» kompaniyasi mart oyida O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini tashishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kazinform.
Kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvali mavjud.
Ma’lum qilinishicha, mart oyida «QazTransOyl» Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini yetkazib beradi.
Neft «Omsk - Pavlodar - Chimkent - Shag‘ir» neft quyish stansiyasi (temir yo‘l sisternalariga yuklash) orqali tashiladi.
2023 yilda «QazTransOyl» magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekistonga Rossiya nefti tranzitining umumiy rejalashtirilgan hajmi 250 ming tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
12:20 / 08.07.2026
AQSh Eron bilan neft bo‘yicha kelishuvni bekor qildi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026