Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda quvvati 2400 megavattli to‘rtta yirik quyosh stansiyasi barpo etiladi
Poytaxt ehtiyojini ta’minlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, birinchisi - Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi. Bugungi tadbirda Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start beriladi.
Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar kiritilmoqda. Bu stansiyalar to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr ishlab chiqaradi. Stansiyalarning elektr energiyasi qo‘shimcha 2 million aholi va 30 ming korxona talabini ta’minlashga yetarli bo‘ladi.
Poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi, qo‘shimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar quriladi, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinadi, kogeneratsiya texnologiyasi joriy qilinadi.
Mavzuga oid
11:00
Yangi Toshkent megapolisi va transport koridorlari investorlarga taqdim etildi
21:26 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda “Buyuk Ipak yo‘li” majmuasi quriladi
20:12 / 24.03.2026
Yangi Toshkentda suvni 232 metr balandlikka otadigan super favvora quriladi
19:13 / 24.03.2026